ToshDO‘TAUda investitsiya va ta’lim eksportiga doir treninglar o‘tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro ta’lim maydoniga integratsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda investitsiya va ta’lim eksportini kengaytirish maqsadida ichki treninglar tashkil etildi.
Treninglar doirasida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N. Normurodova, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O. Gulyamova hamda universitet buxgalteriya bo‘limi xodimlari tomonidan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda xalqaro ilmiy nashrlarda chop etish talablari, xalqaro hamkorlikda ilmiy loyihalar ishlab chiqish, elektron hujjat aylanishi, onlayn ta’lim platformalaridan samarali foydalanish, shuningdek, ta’lim xizmatlarini eksport qilish va investitsiya jalb etishning amaliy mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Treninglar natijasida ishtirokchilarning xalqaro standartlarga mos ta’lim va tadqiqot yondashuvlarini qo‘llash, raqamli boshqaruv mexanizmlaridan foydalanish hamda universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi loyihalarda faol ishtirok etish ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

Ushbu tashabbus doirasida o‘tkazilgan treninglar universitet jamoasining kasbiy kompetensiyasini oshirish, investitsiya va ta’lim eksportini rivojlantirish yo‘lidagi samarali qadam sifatida e’tirof etildi.

