
ToshDO'TAU va Vytautas Magnus universiteti hamkorlik uchrashuvi
Joriy yilning 24 fevral kuni Litva davlatining Vytautas Magnus universiteti xalqaro aloqalar va marketing bo'limi boshlig'i Vaidas Daciola, Informatika fakulteti dekani Tomas Krilavichyus hamda Siyosatshunoslik va diplomatiya fakultetining dekan o'rinbosari Aiste Zemaityte ToshDO'TAUga tashrif buyurdi. Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor N.Normurodova va xalqaro aloqalar bo'limi xodimlari mehmonlarni kutib oldilar.
Uchrashuvda universitetlar hamkorlikni rivojlantirish, faollashtirish boʼyicha fikr almashdilar. Jumladan, magistratura qo'shma dasturini tashkil qilish, Erasmus+ xalqaro loyihasida ishtirok etish, ilmiy laboratoriyalardan unumli foydalanish, talaba va professor-o'qituvchilar o'rtasida akademik mobillikni yoʼlga qoʼyish kabi bir qancha takliflarni birma-bir muhokama qilishdi. Bundan tashqari, xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Vaidas Daciola xalqaro reyting bo'yicha tajriba almashinuv uchun seminar, trening va simpoziumlar tashkil qilish bo'yicha o'z taklif va mulohazalarni bildirdi. Uchrashuv so'ngida tomonlar hamkorlik memorandumini yangilash borasida kelishib oldilar.