ToshDO‘TAU va O‘shDUning hamkorlik faoliyati: buguni va istiqboli
2024-yil 12-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Zamon oshgan adib” mavzusida ilmiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Mazkur atoqli qirg'iz adibi Chingiz Aytmatov tavalludiga bag'ishlandi. Tadbirda O'sh davlat universiteti olimlari, ToshDO'TAU professorlari va talabalari ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilar turkiy xalqlarni birlashtiruvchi jarayonlar va ilmiy hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashdilar.
Aytish joizki,2023-yilning 4-oktabr kuni Qirg‘iz Respublikasining O‘sh davlat universitetida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi. 2023-yilning 23-noyabr kuni esa Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Chingiz Aytmatov nomidagi Qirg‘iz tili va madaniyati markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur markazlar ikki qardosh mamlakat olimlari va yoshlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlashda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida o'tkazilgan tadbir ana shu hamkorlikning amaliy natijalaridan biridir. Bugungi tadbirda so'z olganlar qardosh va jondosh bo‘lgan ikki millat ziyolilarining, yoshlarining bu qadar yaqinligi davlatlararo munosabatlarning yuqori bosqichga ko‘tarilgani azaliy mushtarak maqsadlarimiz ro‘yobi ekanini qayd etdilar.