ToshDO‘TAU va IIV hamkorligida "Penitensiar psixologiya" kurslari yakunlandi”
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazo ijro etish departamenti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida psixologiya va sotsiologiya kafedrasi tashabbusi bilan departament psixologlari uchun 40 soatlik “Penitensiar psixologiya” kurslari tashkil etildi va muvaffaqiyatli yakunlandi.
Shartnoma asosida o‘tkazilgan o‘quv jarayonida 50 nafar xodim ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — universitet va IIV Jazo ijro etish bosh boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, boshqarma kadrlari uchun ToshDO‘TAU bazasida malaka oshirish xizmatlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir tashabbuskori — ToshDO‘TAU ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi jamoasi, kafedra mudiri Ilhom Aslanov hamda Amaliy psixologiya markazi rahbari, psixolog Boboyor Turayev bo‘ldi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda penitensiar psixologiyaning ilmiy-amaliy asoslarini mustahkamlash, sohaga malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Penitensiar psixologiya — jinoyat sodir etgan shaxslarni qamoqxona sharoitida o‘rganadigan psixologiya sohasi bo‘lib, u mahkumlarning ruhiy holati, xulq-atvori va ijtimoiy qayta moslashuvini ta’minlashga qaratilgan.

