
ToshDO'TAU "Ta'lim sohasida psixologik xavfsizlik " xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashdi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining yaqin hamkorlaridan biri N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti tomonidan "Ta'lim sohasida psixologik xavfsizlik " mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda. Dunyoning 10 dan ziyod davlatidan 100 ga yaqin yetuk mutaxassislar ishtirok etgan mazkur anjumanda universitetimiz xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova, Amaliy filologiya fakulteti dekani Saodat Muhammedova, xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nargiza Rashidova , kafedra katta o‘qituvchisi Zulxumor Jumanovalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Sharq va G‘arb olimlaridan iborat konferensiya ishtirokchilari tomonidan bugungi davr pedagogikasida amalga oshirilayotgan ilg'or tajribalar haqida qimmatli mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro ilmiy tajriba almashish zamonaviy pedagog uchun nihoyatda muhimdir.