ToshDO'TAU Ta'lim sifatini ta'minlash konsepsiyasi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida sifatni ta’minlash siyosati
Universitet oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi ixtisoslashgan universitetdir.
Universitet faoliyati iqtisodiyotning turli sohalaridagi davlat va xususiy sektor, biznes, milliy va xorijiy kompaniyalar uchun ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Universitetda sifatni ta'minlash siyosati ta’lim xizmatlarining yuqori standartlarini saqlab qolish va ijtimoiy-gumanitar sohasidagi yetakchi global mutaxassislarni jalb qilish orqali ta’lim, tadqiqot va innovaцiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar uchun resurs bazasini rivojlantirish va talabalarning vatanparvarlik ruhida shakllanishi va raqobatbardoshligini oshirish uchun talabalar va universitet xodimlari uchun zarur ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ta’minlashga qaratilgan.
Sifatni ta’minlash siyosati quyidagilarga qaratilgan:
- - yuqori motivaцiya va ilmiy-tadqiqot qilishga intilishi bilan ajralib turadigan iqtidorli abituriyentlarni keyinchalik jamiyatga xizmat qilish uchun qabul qilish orqali yuqori sifatli kontingentni shakllantirish;
- - universitetning kadrlar siyosatini amalga oshirishning umumiy jarayoniga integraцiyalashgan rekruting tizimi orqali yetuk professor-o‘qituvchilar, real sektor mutaxassislari, biznes tuzilmalari va boshqa raqobatbardosh kadrlarni ishga olish;
- - universitet ta’lim dasturlariga kiritilgan uzluksiz ta’lim uchun ixtisoslashtirilgan resurslarni yaratish va ingliz tilida o‘qitish orqali yuqori sifatli ta’lim mazmunini yaratish;
- - zamonaviy, qulay raqamli ta’lim muhiti kafolati sifatida innovaцion ekotizim va SMART universitetini rivojlantirish orqali yuqori sifatli infratuzilmani shakllantirish.
Sifatni ta’minlashni boshqarish sifatli kontent, sifatli kontingent, sifatli xodimlar, sifat infratuzilmani boshqarish bo‘yicha faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Universitetning sifatni ta’minlash siyosati butun universitet hamjamiyati: akademik xodimlar, talabalar, ma’muriy va boshqaruv xodimlari o‘rtasida sifat madaniyati qadriyatlariga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra har bir xodim sifatni ta’minlash va yaxshilash bo‘yicha o‘z majburiyatlari va mas’uliyatidan xabardor.
Universitet rahbariyati sifatni ta’minlash siyosatini amalga oshirish va barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida sifat madaniyatini saqlashda yetakchi hisoblanadi.
Universitet barcha xodimlarining belgilangan vazifalarni hal qilishda va akademik sifatni oshirish orqali o‘z faoliyatini takomillashtirishi sifatni ta’minlash siyosatiga sodiq ekanligidan dalolatdir.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining sifat konsepsiyasi
Oliy ta’lim jamiyatda yangi bilimlarni yaratish, ularni ilm oluvchilarga yetkazish va innovaцiyalarni rivojlantirish orqali muhim rol o‘ynaydi. Dunyo hamjamiyatida ta’limni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqish, shu bilan birga barcha manfaatdor tomonlar (ichki va tashqi) ishtirokida oliy ta’lim sifatini yanada oshirishni taqozo etadi.
Sifatni ta’minlash universitetning missiyasi, siyosati, amaliyoti, manfaatdor tomonlar bilan aloqasi va akademik madaniyatiga chuqur ta’sir qiladi.
Universitet uchun sifatli oliy ta’lim - o‘qitish sifati talablari va talabalar hamda ish beruvchilarning ehtiyojlarini qondirishni anglatadi. Shu sabab sifat tushunchasini biz ham iste’molchi (talaba, ish beruvchi) nuqtai nazaridan maqsadga erishishni, ham ta’lim xizmatini ko‘rsatuvchisi nuqtai nazaridan ta’lim olish maqsadlariga mos ekanligini tushunamiz.
Talabalar ta’lim dasturining yuqori sifati (talabaning qiziqishlari va ehtiyojlarini aks ettiruvchi mazmun), ta’lim muhiti (infratuzilma) va o‘quv jarayoniga (tashkil etish, texnologiyalar) talablar qo‘yadilar. Ushbu talablarning bajarilishi talabalarning ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha akademik bo‘linmalar va boshqa kollegial organlarga a’zoligi bilan ta’minlanadi. Sifat o‘zgarishlarining tag zamirida talabaning ta’lim jarayonining doimiy ishtirokchisi ekanligi yotadi.
Ish beruvchilar ta’lim dasturlarining yuqori sifatiga (mehnat bozorida talab qilinadigan zarur kompetensiyalar mazmuniga) va bitiruvchilarning sifatiga (zarur ko‘nikma va malakalarning mavjudligiga) talablar qo‘yadilar. Ushbu talablar ish beruvchining ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va baholashda ishtiroki, shuningdek, soцiologik so‘rovlar orqali bitiruvchilar sifatini baholash orqali ta’minlanadi.
Ta’lim sifatiga strategik yondashuv bu sarmoya bilan natija o‘rtasidagi qo‘shimcha qiymat konцepцiyasiga asoslanadi. Shuning uchun butun ta’lim jarayoni jamiyat tomonidan talab qilinadigan o‘quv natijalarini ta’minlashga qaratilgan. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim jarayonini tashkil etish kutilgan o‘quv natijalarini aniqlash va erishilgan o‘quv natijalarini baholashga asoslangan.
Shunday qilib, biz “sifat”ni universitet faoliyatining barcha jabhalariga singib ketgan va uning strategik maqsadlariga mos keladigan nihoyatda yuqori tushuncha sifatida ko‘ramiz. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda biz “narx va sifat” o‘rtasidagi optimal muvozanat tamoyiliga amal qilamiz. Shuning uchun oliy ta’lim sifati muntazam o‘smoqda va iste’molchilar talablariga javob berish uchun doimiy ravishda rivojlanib va o‘zgarib bormoqda.
Sifatni ta’minlash mohiyati
Oliy ta’lim sifati sifatli ta’lim mazmuni, sifatli kadrlar, sifatli talabalar, sifatli infratuzilma, sifatni boshqarish va tashkil etish bilan ta’minlanadi. Shuning uchun ham sifat ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilariga bog‘liq.
Shu munosabat bilan, universitet oliy ta’limda sifatni ta’minlashning yuqorida aytib o‘tilgan barcha omillari ustida doimiy ravishda ish olib bormoqda. Biz sifatni ta’minlashga kengroq qaraymiz, jumladan, ta’lim xizmatlari sifatini ta’minlash uchun boshqaruv usullari, monitoring, baholash va nazorat kabi usullardan foydalanamiz.
O‘z navbatida, sifatni ta’minlash ta’lim jarayoni va ta’lim muhiti sifatini boshqarish, nazorat qilish va baholash tizimini yaratishni, taqdim etilayotgan ta’lim xizmatining yuqori sifatini ta’minlashni anglatadi.
Sifatni ta’minlashni boshqarish
Sifatni ta’minlash - bu manfaatdor tomonlarning talablari va ehtiyojlariga muvofiq universitetning sifatga sodiqligini ta’minlaydigan, eng samarali tarzda amalga oshiriladigan va vaqti-vaqti bilan takomillashtiriladigan boshqaruv vositasidir.
Universitet barcha ehtiyojlarni, jumladan, sifatning o‘zini boshqaradigan tizim yaratmoqda.
Biz sifat menejmenti tizimini uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy tuzilma, siyosat, jarayonlar va resurslar sifatida tushunamiz.
Sifat madaniyati
Universitet sifat madaniyatini rivojlantirish ustida tizimli va puxta ish olib bormoqda. Bugungi kunda universitet o‘zining shakllanish va rivojlanish bosqichida, an’analar endigina paydo bo‘la boshlagan, qadriyatlar aniqlangan, xulq-atvor shakllari va umumiy manfaatlar shakllanayotgan va sifat madaniyatini o‘z ichiga olgan korporativ madaniyat shakllanayotgan davrda.
Sifat madaniyati tashkiliy madaniyat asosida va u bilan birgalikda shakllanadi.
Jamoada sifat madaniyatini shakllantirmasdan turib, sifatni ta’minlash va yuqori sifatga erishish mumkin emasligini barchamiz tushunamiz. Faqat sifat madaniyati mustahkam shakllangan har bir darajadagi bo‘g‘inda va bo‘linmada yuqori sifatli ish natijadorligini ko‘rish mumkin. Bu esa barcha jamoa a’zolari sifat va uni ta’minlash masalalarini bir xil anglab yetishidan dalolatdir.
Barcha darajadagi xodimlar bunday mukammallikka erishish uchun sifat bilan hamnafas bo‘lmog‘lari darkor. Buning uchun universitet xodimlari sifatni ta’minlash vositalari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi, xatolar ustida mulohaza yuritishi va muammolarni hal qilish uchun ko‘p qirrali bo‘lmog‘i lozim.
Ichki sifat kafolati metodologiyasi
Sifatni ta’minlash metodologiyasi - bu sifatni qo‘llab-quvvatlash va yaxshilash bo‘yicha universitet faoliyatini tashkil qilishni o‘rganish.
Sifatni ta’minlash tizimi metodologiyasi akademik qadriyatlar va asosiy tamoyillarga asoslanadi.
Shunga ko‘ra, sifatni ta’minlash mahsulot/xizmatning talablarga muvofiqligini saqlashdir.
Shunday qilib, ichki sifatni ta’minlash - bu ma’lum kelishilgan mezonlar to’plamiga muvofiq ta’lim, o‘qitish va boshqa xizmatlar sifatini ichki instituцional yaxshilashning uzluksiz va davom etayotgan jarayoni. Bu jarayon universitetning o‘zi tomonidan belgilanadi, unda ushbu sifatni tushuntirish va dalillarni taqdim etish mas’uliyati ham universitet zimmasida. Sifatni yaxshilash jarayoni, o‘z navbatida, tegishli rejalashtirish usullari orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun, ushbu ichki sifatni ta’minlash jarayoni ikkita narsani talab qiladi:
- 1) universitet ta’limini qayta isloh qilish va yaxshilash mexanizmini yaratish;
- 2) aniq belgilangan mezonlar asosida ushbu o‘zgarishlarni manfaatdor tomonlar diqqatiga yetkazish.
Universitetda sifatni ta’minlash usullari - sifatni ta’minlash uchun ishlatiladigan vositalardir.
Universitetda sifatni ta’minlash faoliyati yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan qarorlar va va ko‘rsatmalar asosida tashkil etilgan.
Sifatni ta’minlash siyosati universitet ta’lim xizmatlarining yuqori sifat standartlarini saqlab qolishga, shuningdek, o‘qitish, tadqiqot va innovatsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashga qaratilgan.
Ichki sifatni ta’minlashning muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatni ta’minlash jarayonlarida barcha manfaatdor tomonlarning ishtirokidir.
Sifatni ta’minlashda ishtirok etish universitet faoliyatini ichki monitoring qilish orqali namoyon bo‘ladi, bunda professor-o‘qituvchilar, ma’muriy xodimlar, talabalar va ish beruvchilar universitet faoliyati va/yoki ta’lim dasturlarini baholashda ekspert sifatida ishtirok etadilar.
Bu guruh odamlar Ichki sifatni ta’minlash tizimi, mezonlar, universitet (yoki ta’lim dasturi)ning o‘zini o‘zi baholash hisoboti va turli toifadagi ishtirokchilar (ta’lim muassasasi vakillari, bitiruvchilar va ish beruvchilar) uchun suhbat usullari bilan tanishadilar.
Taklif etilayotgan metodologiyaning afzalliklari har bir xodim va umuman universitet uchun mehnat unumdorligining oshishida aks etadi; xavflar minimallashtiriladi; ko‘pgina qarorlar va xulosalar to‘g‘ri amalga oshiriladi; turli bo‘limlar va umuman universitet ishini obyektiv baholash va tahlil qilishga erishiladi, bu esa qarorlar samaradorligini oshiradi; va mavjud sifat tizimini doimiy ravishda takomillashtirishga erishiladi. Natijada barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlari qondiriladi.
Sifatni ta’minlashning asosiy tamoyillari
Sifatni ta’minlash quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
- 1. Turli xil o‘quv ehtiyojlariga ega bo‘lgan talabalarning akademik jarayon va baholashda to‘liq ishtirok etishlari uchun qulaylik va tenglik sharoitlarini yaratish orqali ular o‘rtasida imkoniyatlar tengligi va adolatni ta’minlash, va baholash, o‘z navbatida, ularning yutuqlari va o‘sishining haqiqiy, ishonchli va adolatli ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi.
- 2. Oliy ta’limni rivojlantirishning milliy ustuvorliklarini hisobga olgan holda, sifatni ta’minlash siyosati va boshqa hujjatlarni muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish orqali ichki sifatni ta’minlash tizimini doimiy ravishda takomillashtirish va sifat madaniyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
- 3. Universitet rahbariyatining yetakchi roli siyosat va jarayonlarning birligini, barcha xodimlarning sifatni ta’minlash va takomillashtirish tadbirlariga jalb qilinishini hamda zarur resurslarni taqdim etishni ta’minlashdan iborat.
- 4. Ta’limning barcha darajalarida talabalarning o‘quv yutuqlarini, shuningdek, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini baholash bilan bog‘liq tashqi va ichki mustaqil baholashni qo‘llash, o‘qitish va o‘rganish jarayonini takomillashtirish, uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlari o‘rtasida baholash natijalarining uzluksizligini ta’minlash, milliy majburiy davlat ta’lim standartlarining xalqaro ta’lim standartlariga muvofiqligini qiyosiy monitoring qilish.
Ichki sifatni ta’minlash tizimining yuqori akademik sifatga erishish ko‘rsatkichi oliy ta’lim muassasasining akademik obro‘si hisoblanadi.
Akademik obro‘ - bu turli toifadagi hamjamiyat va/yoki jamiyat ishtirokchilarining oliy ta’lim muassasasi haqidagi uning akademik sifatlari: yutuqlari, afzalliklari va kamchiliklari asosidagi fikri.
Universitetning akademik obro‘si uning ta’lim bozoridagi mavqei va obro‘sining asosiy ko‘rsatkichidir. Akademik obro‘ni baholashning turli usullari mavjud, masalan, universitetlarning turli reytinglari. Biroq, akademik obro‘ universitetning faoliyatini reytinglardan ko‘ra kengroq aks ettiruvchi tushunchadir. Akademik obro‘ning o‘ziga xos qadriyatlari bor. Akademik obro‘ iste’molchilar tomonidan universitetning ta’lim xizmatlari sifatini aks ettiradi.
Akademik obro‘ manfaatdor tomonlarning ehtiyojlariga qarab o‘lchanadi: talabalar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, bitiruvchilar, davlat amaldorlari, biznes va boshqalar.
Shu nuqtai nazardan, akademik obro‘ shunchaki ko‘zga tashlanmaydigan narsa emas, balki universitet faoliyatining haqiqiy natijasidir. Yuqori akademik obro‘ga erishish uchun universitet nafaqat o‘z imidji haqida qayg‘urishi, balki chinakamiga yaxshiroq va yuqori sifatli ishlashi kerak. Binobarin, benuqson akademik obro‘ga uning ichki sifatni ta’minlash tizimining samaradorligi orqali erishiladi.
Ichki sifatni ta’minlash tizimini yaratish sifatni ta’minlash metodologiyasini belgilaydigan amaldagi Sifat konsepsiyasiga asoslangan. Sifat konsepsiyasiga muvofiq universitetda akademik qadriyatlar va sifat madaniyatini rivojlantiradi.
Ichki sifatni ta’minlash tizimi sifatni ta’minlash tamoyillariga, shuningdek, Ichki sifatni ta’minlash siyosati va boshqa hujjatlarga asoslangan.
Ichki sifatni ta’minlash tizimida uning barcha jarayonlarini boshqarish juda muhimdir. Shuning uchun biz universitetning missiyasi va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga asoslanib, uning doimiy rivojlanishi, takomillashtirilishi, yangilanishi va moslashtirilishi uchun sharoit yaratamiz. Boshqacha qilib aytganda, biz uni moslashuvchan va maqsadga yo‘naltirilgan qilamiz. Shu bilan birga, sifat madaniyati diqqat markazimizda bo‘lishi juda muhimdir. Aynan shu narsasiz boshqa sifatni ta’minlash mexanizmlari va vositalari ishlamaydi.
Biz universitet ichida faqat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan sifat madaniyati samarali ishlaydigan ichki sifatni ta’minlash tizimini namoyish etishini to‘liq tushunamiz. Faqat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ichki sifatni ta’minlash tizimi bilan universitet sifatni ta’minlashning keyingi bosqichiga (darajasiga) - tashqi sifatni ta’minlashga o‘tishi mumkin, chunki bu bosqich universitetning ichki sifatni ta’minlash tizimini mustaqil va shuning uchun obyektiv tashqi baholashni o‘z ichiga oladi.
Universitetimizning raqobatbardosh ustunligi shundaki, u qonunchilikdagi tashqi tarkibiy o‘zgarishlarga, xalqaro va ustuvor tendentsiyalarga tezda moslasha oladi.

