Yangiliklar

img
Fri, 10/17/2025 - 23:53

ToshDOʻTAU — Gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlat tashkiloti

Bugun Toshkent shahar hokimligida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining shahar bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Tadbirda Toshkent shahar va tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarlari, tanlov ishtirokchilari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tanlovning tuman bosqichlariga jami 168 ta ariza kelib tushgan bo‘lsa, shahar bosqichida 27 nafar nomzod o‘z tashabbus va loyihalari bilan qatnashdi.

Ushbu tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlat tashkiloti” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Mazkur e’tirof universitet jamoasining ayollar faolligini qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni targ‘ib qilish va adolatli ijtimoiy muhitni shakllantirish borasidagi izchil faoliyati, amalga oshirayotgan loyihalari hamda tizimli yondashuvining natijasidir.