
ToshDO‘TAU fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ilmiy rahbarlar va tayanch doktorant, doktorantlari diqqatiga!
2022-yil 25- (1-kurs), 26-mart (2-,3-kurslar) soat 14.00da tayanch doktorant, doktorantlar uchun choraklik monitoring o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz so‘raladi:
1. Ilmiy rahbarlar: Shogirdlari hisobotini nazoratga olish. Shaxsiy rejaga bu haqida imzo qo‘yish. Agar rejadagi ishlar bajarilmagan bo‘lsa sababini ko‘rsatish hamda bajarilgan ishlar hisobotiga shaxsan imzo qo‘yish.
2. Kafedra mudirlari: Kafedra yillik rejasiga muvofiq tayanch doktorant, doktorantlarni hisobotini kafedra majlisida ko‘rib chiqish va fakulttet kengashiga olib chiqish.
3. Fakultet dekanlari: Kafedralarda ko‘rib chiqilgan hisobotlarni fakultet kengashida tahlil qilish.
4. Tayanch doktorant, doktorantlar: Tasdiqlangan hisoboti (asoslari bilan), kafedra bayonnomasi, fakultet bayonnomasi bilan choraklik monitoringga kelishlari kerak. Shuningdek, 1-kurslar 2022-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hisoboti, 2-kurslar qabul qilinganlaridan to 2022-yil 1-choragigacha amalga oshirilgan ishlar hisoboti, 3-kurslar qabul qilinganlaridan to 2022-yil 1-choragigacha amalga oshirilgan ishlar hisoboti hamda DISSERTATSIYANING KAFEDRA MUHOKAMASI BAYONNOMASI bilan kelishlari SHART.
DIQQAT: Agar rejada dissertatsiyaning qaysidir boblari tugallanishishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, o‘sha bobni qog‘oz varinatini monitoring ishchi guruhiga taqdim etishlari kerak.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin (71-2814539).