Yangiliklar

img
Thu, 06/23/2022 - 21:33

ToshDO'TAU da call markaz faoliyatini boshladi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida QABUL-2022 jarayonlari uchun CALL markazi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Siz ushbu markazga telefon qilish orqali qabul jarayonlariga bog‘liq savollaringizga javob topishingiz mumkin.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2022/2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida tashkilllangan “Call-markaz” telefon raqamlari bilan tanishing:

+998(71) 281 45 29;
+998(71) 281 51 86;
+998(71) 281 52 73;
+998(71) 281 51 94.

Eslatib o‘tamiz: “Call-markaz” haftaning  dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 09:00dan 18:00gacha faoliyat ko‘rsatadi.

Shuningdek, qabul jarayonlari haqida universitetning telegram ijtimoiy tarmog'i orqali ya'ni https://t.me/Toshdotau_qabul  kanali orqali ma'lumot berib boriladi.