Yangiliklar

img
Tue, 11/17/2026 - 13:47

ToşDÖTAU Qozoğistonda akademik hamkorlikni rivojlantirmoqda

2026-yil 12–13-noyabr kunlari Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Özbek tili va uni öqitiş metodikasi kafedrasi professor-öqituvçilari akademik mobillik dasturi doirasida Qozoğiston Respublikasining Turkiston şahridagi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida ilmiy-amaliy safarda böldilar.

Taşrif davomida universitetning olti nafar professor-öqituvçisi mezbon oliy taʼlim muassasasi Filologiya fakulteti talabalariga maʼruzalar öqib, amaliy va seminar maşğulotlarini olib bordilar. Şuningdek, tomonlar taʼlim metodikasi, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik hamkorlik masalalarida özaro tajriba almaşdilar.

Uçraşuvlar yakunida ikki universitet örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qator istiqbolli kelişuvlarga erişildi. Jumladan, Xalqaro qozoq-turk universiteti Filologiya fakultetida ToşDÖTAUning “Özbek tili va madaniyati markazi”ni taşkil etiş, qöşma taʼlim dasturlari asosida akademik mobillikni rivojlantiriş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş hamda hamkorlikdagi ilmiy maqolalarni çop etiş rejalaştirildi.

 

Mazkur taşrif ikki universitet örtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlaş, özbek tilini xalqaro miqyosda tarğib qiliş va Markaziy Osiyo taʼlim makonidagi hamkorlikni kengaytirişda muhim qadam böldi.