Yangiliklar

img
Wed, 10/21/2026 - 15:56

ToşDÖTAU olimlari özbek tilidagi gaplarning sintaktik tuzilişini avtomatik tahlil qiluvçi platforma yaratdi

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Botir Elov ilmiy rahbarligida kafedra doktoranti Oqila Abdullayeva tomonidan özbek tilidagi gaplarning sintaktik tuzilişini avtomatik tahlil qiluvçi UzSynAnalizator intellektual veb-platformasi işlab çiqildi.

Mazkur platforma özbek tilidagi gaplarning sintaktik tuzilişini avtomatik tahlil qiliş, gap bölaklarini anıqlaş hamda sözlar örtasidagi grammatik boğlanişlarni körgazmali tarzda ifodalaş imkonini beradi.

Platforma kiritilgan gapning sintaktik tuzilişini tahlil qilib, ega, kesim, töldiruvçi, aniqlovçi va hol kabi gap bölaklarini, grammatik asosi hamda sözlar örtasidagi sintaktik munosabatlarni aniqlaydi.

Platforma ikki xil sintaktik tahlil usulini qöllab-quvvatlaydi. Tarkibiy tuzilma tahlili (constituency parsing) gapning sintaktik birliklardan taşkil topgan iyerarxik tuzilişini daraxt şaklida körsatadi. Tobelik munosabatlari tahlili (dependency parsing) esa gapdagi sözlarning hokim-tobe boğlanişlarini tasvirlaydi. Bu ikki yondaşuv özbek tili sintaksisini turli lingvistik modellar asosida örganiş imkonini beradi.

UzSynAnalizator tahlil natijalarini ranglar va interaktiv çizmalar orqali namoyiş etiş, şuningdek, ularni JSON va CoNLL-U formatlarida oliş hamda yuklab oliş imkoniyatlariga ega. Maxsus tahrirçi kabineti orqali natijalarni tekşiriş, tuzatiş va keyingi ilmiy izlanişlar uçun saqlaş ham mumkin.

Ilmiy va amaliy ahamiyati

Platformadan kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi va tabiiy tilni qayta işlaş böyiça tadqiqotlarda, oliy ta’limda sintaksisni öqitişda, lingvistik ma’lumotlarni tayyorlaş va tekşirişda foydalaniş mumkin. Şuningdek, u özbek tilining sintaktik qonuniyatlarini hisoblaş modellari asosida tavsiflaş va kelgusida raqamli til resurslarini rivojlantiriş uçun muhim vosita bölib xizmat qiladi.

UzSynAnalizatorning yaratilişi universitetda özbek tilining grammatik xususiyatlarini kompyuter modellari asosida örganiş hamda zamonaviy til texnologiyalarini rivojlantiriş borasida olib borilayotgan ilmiy izlanişlarning amaliy natijalaridan biridir.

Platforma manzili: https://syntac.uzsit.uz/

İşlab çiquvçi: ToşDÖTAU Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi ilmiy jamoasi.