
Tonggi badantarbiya
Bugungi kunda aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Alsiher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ham erta tongdan talabalar va pedagogik jamoa birgalikda badantarbiya mashg'ulotlarini o'tkazishlari an'anaga aylangan.
Universitet xotin-qizlar kengashi raisi G.Jo'rayeva hamda sport murabbiysi R.Alimboyeva boshchiligida universitet hovlisida va "Do'stlik" bog'i hududida turli mashqlarni bajarib, tani yayragan yoshlar kun davomida ham bardam bo'lib yuradilar. Shu nuqtayi nazardan bunday mashg'ulotlarning muntazam o'tkazib borilishi juda muhim.
Barcha yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi.