Yangiliklar

img
Fri, 11/24/2023 - 19:26

“TKT” oʻz an’anasiga sodiq qoldi

Universitetimizning O‘zbek tili ta'limi fakulteti talabalari tashabbusi bilan tuzilgan "Tavakkaliga kirgan talabalar"  jamoasi har yili 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan konsert dasturi tayyorlaydi. Aytish kerakki, bu konsertni talabalar intizorlik bilan kutadilar va zalda umuman boʻsh joy qolmaydi. Bu yil ham biroz kechikkan boʻlsa-da, “TKT” jamoasi talabalarni talabalar kuni bilan tabriklashni kanda qilmadi.  Quvnoq va zukko talabalarning qiziqarli chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.  Samimiy kulgu,  yoshlarbop hazillardan iborat dastur tomoshabinlarga  ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.