Yangiliklar

img
Fri, 10/21/2022 - 19:46

Tilimiz - faxrimiz

Bugun yurtimiz bo'ylab “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 33 yilligi va O'zbek tili kuni munosabati bilan qator tadbirlar o'tkazilmoqda.   Bugun erta tongdan universitetimiz vakillari "Adiblar xiyoboni"da bo'lib o'tgan tantanali marosimda ishtirok etdilar. Navoiy haykali poyiga guldastalar qoyildi. 
Universitetning Ijtimoiy gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari tomonidan bayram dasturlari tashkil etildi. Tadbirda so'z olganlar barchani  21-oktabr — Oʼzbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, mamlakatimizning asosiy qonuni — Konstitutsiyamizning oʼzbek tilida yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirganligini aytib oʼtdilar. Oʼzbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda faol qoʼllanilayotganligi, yurtimiz boʼylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuygʼusini joʼsh urdirishini alohida taʼkidladilar. 


Oʼzbek tili bayrami munosabati bilan uyushtirilgan mazkur tadbirlarda universitetimiz olimlari xalqimizning koʼp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʼlgan oʼzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biri ekanligini, soʼz mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy oʼzi yashagan murakkab davr – XV asrda tilimiz himoyasiga otlanib, turkiy til oʼz imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlab, oʼzining “Xamsa” asarini turkiy tilda yozganligini, hozirda ham shoirlarimiz oʼzbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratayotganini qayd etishdi.