Yangiliklar

img
Wed, 04/27/2022 - 11:56

“Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya

Joriy yilning 27-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida   “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Mazkur anjumanni universitetimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Zaynobiddin Abdirashidov kirish so’zi bilan ochib berdi. O’zFA Milliy arxeologiya markazi kichik ilmiy xodimi, tilshunos Eldor Asanov anjumanning foydali tomonlari haqida o’z fikrlarini bildirib, ilm yo’lidagi barcha ishtirokchilarga omad tiladi. 

Shuningdek, Adliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi Shahnoza Soatova o’zbek tilining muhimligi va uni hayotimizga tatbiq etilish jarayoni haqida to’xtalib, til rivoji uchun kurashishni davom ettirishni ta’kidlab o’tdi.

 Konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 4-kurs talabasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi Mohiyaxon Uzoqova ham so’zga chiqib, o'z yutuqlari va ularga erishish uchun qilgan harakatlari haqida aytib o'tdi.

Jarayon davomida qisqa muddatli ma’ruzar tinglanib, so’nggida sho’balar tashkillashtirildi.

Sho’bada  hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan ishtirokchilar maqolalari tinglanib, nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar aniqlandi.  Ilmiy va amaliy izlanishlar yo’lida olib borilgan anjumanga nafaqat universitetimiz talabalari, balki respublika bo’ylab ko’pgina viloyatlardan ham ishtirokchilar tashrif buyurdi.

Ilm o'zining buyuk kuchga egaligini ko’rsatib, barcha bilimdonlarni bir muhitga jamlay oldi. Ilmiy-amaliy konferensiya barcha qatnashchilarning kelgusi ilmiy faoliyatida ham muhim rol o’ynashi aniq. Uzoq va munozaralarga boy bo’lgan anjumanda barcha qatnashchilarga sertifikat hamda estalik sovg’alari topshirildi. Sho’balarda g’olib bo’lgan talabalarga aniqlangan nominatsiyalar bo’yicha diplomlar topshirildi.

Ilmiy-amaliy konferensiyadan ko’zlangan maqsad amalga oshirildi.