Wed, 10/12/2022 - 19:31
Til borki, millat barhayot
12-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi bilan hamkorlikda "Til borki, millat barhayot" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zolari, partiyaning faol a’zolari hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari ishtirok etdi. Ma'ruzalarda milliy tilimizning rivoji, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va oldindagi muammolar haqida so‘z bordi.
Yig‘ilish yakunida iqtidorli talabalar, faol hamyurtlarimizdan bir guruhi taqdirlandi.




