Yangiliklar

img
Wed, 08/03/2022 - 22:25

Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.