Yangiliklar

img
Sun, 08/07/2022 - 15:25

Test sinovi oʻtkaziladigan hududlar haqidagi maʼlumotlar

Davlat test markazi 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

• Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
• Hududga kirish joylari;
• Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
• Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
• Sektor raqami;
• Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
• Joylarning google xaritadagi geolokatsiyasi.

Ma’lumotlar bilan tanishish uchun: dtm.uz/page/test_2022