Yangiliklar

img
Wed, 05/15/2024 - 17:32

Teatr ibratxonadir!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-RA 1-5359-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasini amalga oshirish belgilangan. Bu loyiha doirasida universitet o'ziga biriktirilgan maktab o'quvchilarini o'zbek adabiyotining buyuk ijodkorlari nasriy asarlari asosida sahnalashtirilgan teatr tomoshlariga taklif etish, ularning badiiy didini oshirish, ruhiyati va ma'naviyatiga ijobiy ta'sir o'tkazadigan spektakllarni doimiy tashkil etish belgilangan. Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 15-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumanidagi bir qator maktablar o'quvchilari uchun Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasi asosida sahnalashtirilgan teatr namoyish etildi. Ushbu teatr tomoshasida bevosita ishtirok etolmagan boshqa o'quvchilar ushbu spektaklni ZOOM platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatish imkoniga ega bo'ldilar.

 

"Bu asarni o'qiganmiz, ammo u asosida tayyorlangan spektaklni ko'rib, asarni qayta kashf qildik", deya ta'kidlashdi tomoshada ishtirok etganlar.