Yangiliklar

img
Tue, 11/19/2024 - 19:44

Tayanch doktoranturaga mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari natijalari

2024-yil 19-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tayanch doktoranturaga qabul qilish uchun mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi. Imtihonlar yuqori darajadagi shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazildi, bu esa nomzodlarga va ularning bilimini baholovchi komissiyaga qulaylik yaratdi.

Quyida mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish imtihonlari natijalari bilan tanishishingiz mumkin. Ushbu natijalar nomzodlarning kasbiy bilim va tayyorgarlik darajasini aks ettiradi.

Imtihon natijalari: 

10.00.01 - O'zbek tili

10.00.02 - O'zbek adabiyoti

10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti

10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

10.00.07 - Adabiyot nazariyasi

10.00.10 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi

13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o'zbek adabiyoti, o'zbek tili)

Imtihon jarayonidan fotolavhalar: