Yangiliklar

img
Sat, 01/06/2024 - 19:29

Tashenov universiteti bilan hamkorlik istiqbollari

Qozog‘iston Respublikasi J.Tashenev nomidagi universitetning Xalqaro munosabatlar va chet el talabalari bilan ish yuritish departamenti direktori  Shahlo Naraliyeva universitetimizda mehmon bo'ldi. Mehmon universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov  qabulida bo'ldi va hamkorlik keyingi istiqbollari haqida suhbatlashdi. Suhbat davomida ikki qardosh va yon qo'shni bo'lgan mamlakatlarning ta'lim sohasidagi hamkorligi kundan-kunga mustahkamlanib borayotgani va bu borada ToshDO'TAU va Tashenov universitetlarining hamkorligi ham ulkan hissa qo'shayotgani ta'kidlandi. 
Muzokaralar chog'ida kelgusida qo'shma ta'lim dasturlari joriy etish, Tashenov universitetida Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va amadaniyati markazini hamda ToshDO'TAUda Abay nomidagi Qozoq tili va madaniyati markazini tashkil etishga kelishib olindi. Bundan tashqari qozog'istonlik hamkorlarimiz tomonidan Shuhrat Sirojiddinovning "Amir Alisher" ilmiy asari qozoq tiliga tarjima qilinib, tez orada taqdimoti o'tkazilishi rejalashtirilayotgani ochiqlandi. Hamkorlik aloqalari ilmiy, madaniy, o'quv-uslubiy sohada yanada kengayib borishidan har ikki tomon manfaatdor ekanligi qayd etildi.