Yangiliklar

img
Mon, 06/19/2023 - 18:58

Tarjima sohasidagi magistrantlarning dissertatsiya himoyasi boshlandi

Ilmiy-ishlar bo‘yicha prorektor, p.f.d., professor Odinaxon Jamoldinova, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, f.f.d., dotsent Z.Q. Teshaboyeva, Namangan davlat universiteti dotsenti, PhD B. Jafarov boshchiligida, Tarjima nazariyasi va amaliyoti mas'uli, dotsent R.Xudjayeva, M.Suyunova, shuningdek kafedra fidoyi ustozlari: f.f.d., dotsent X.Samigova, PhD, dotsent X.Turdiyeva, PhD, dotsent U.Yo‘ldoshev, PhD, katta o‘qituvchi G. Mamarasulova, PhD, katta o‘qituvchi D.Nasriddinov, PhD, katta o‘qituvchi E.Bagavovalar  
Sinxron, badiiy va ilmiy-texnik tarjima (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining dissertatsiyasi himoyasida faol ishtirok etmoqdalar. 
Sinxron tarjima(ingliz tili) mutaxassisligi magistranti Mariya Sarsenbayeva o‘zining "Linguocognitive Problems of Conference Interpreting" mavzusidagi dissertatsiyasida Xalqaro va o‘zbek talabalari miqyosida konferens-tarjimaning lingvokognitiv muammolarini  juda yaxshi yoritib berdi. 

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Z.Q.Teshaboyeva bitiruvchi magistrantlarning istiqbolini ko‘zlab, kelajakda ushbu sohani magistrlik darajasida saqlab qolish emas, balki tadqiqotlarini yanada mustahkamlab, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni ham davom ettirishlarini aytib o‘tdi.