Yangiliklar

img
Mon, 11/21/2022 - 21:52

Tarixiy xotirasiz - kelajak yo'q

2022-yil 21-noyabr kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari tomonidan "Adiblar xiyoboni"da so‘z mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir  Alisher Navoiy ijodini targ‘ib maqsadida "Navoiy ijodi mangu, barhayot" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti dekani kirish so‘zi bilan ochib berib, Alisher Navoiyning ezgu ishlari va amallari haqida maʼruza qildi. Shundan so‘ng, talabalar ishtirokida sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, raqs  va g‘azalxonlik tadbirlari tashkil etildi.  Tadbirda ishtirok etganlar olam-olam maʼnaviy ozuqa olishdi. Shundan so‘ng talabalar "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyida ham bo'ldilar. Muzeydagi eksponatlar maʼrifatparvar bobolarimizning hayot yo‘llari, ilm yo‘lida chekkan mashaqqatlari va mustabid tuzum tomonidan jadid bobolarimizning boshlariga yog‘dirilgan musibatlardan so'zlaydi.