Targ'ibot tadbiri
2025-yil 23-aprel kuni Oʻzbek filologiyasi fakulteti tyutori Boymirzayev Muslimbek boshchiligida bir guruh iqtidorli talabalar Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 26-maktabga targʻibot maqsadida tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida universitet hayotini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi. Shundan soʻng maktabning yuqori sinf oʻquvchilari bilan muloqot tashkil etilib, Oʻzbekiston Milliy universiteti, xususan Oʻzbek filologiyasi fakultetida mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari, oʻqish sharoitlari, qabul jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, filologiya, jurnalistika, tarjima nazariyasi va amaliyoti, adabiyotshunoslik kabi yo‘nalishlar, dars jarayonlari va talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyati haqida ham atroflicha tushunchalar berildi. Bitiruvchilarga oliy taʼlim muassasasida oʻqishning afzalliklari, stipendiya tizimi, talabalar turar joylari, to‘garaklar va amaliyot imkoniyatlari haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi.
Tadbir maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni Oʻzbekiston Milliy universitetiga yoʻnaltirish maqsadida tashkil etildi.



