Yangiliklar

img
Thu, 10/09/2025 - 19:46

“Taraqqiyot sari qizlar bilan!” nomli uchrashuv bo‘lib o‘tdi

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Taraqqiyot sari qizlar bilan!” nomli uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda universitet hamkorligida tashkil etildi.
Uchrashuvda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Raxima Mirholiqova, qo‘mita yetakchi mutaxassisi Nargiza Yunusova, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, professor Oynisa Musurmanova, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva, shoira Nodirabegim Ibrohimova ishtirok etdilar.  Tadbir davomida ishtirokchilar yoshlarning, ayniqsa qizlarning ma’naviy olami, ijtimoiy faolligi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalalarida o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Talaba qizlar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etib, mehmonlarga savollar yo‘lladilar.

Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi hamda yoshlarni bilim olish, yuksak maqsadlar sari intilish va jamiyat hayotida faol bo‘lishga undadi.