Yangiliklar

img
Mon, 07/20/2026 - 10:57

Tanlov natijalari e’lon qilindi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalariga talabgor talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan imtihon jarayonlari o‘z yakuniga yetdi.

Avval xabar berganimizdek, mazkur stipendiyalarga talabgorlarning bilim, ilmiy salohiyat va ijodiy yutuqlarini baholash maqsadida uch kun davomida kompleks sinov jarayonlari tashkil etildi. Baholash jarayonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida, shaffof hamda xolis tarzda olib borildi.

Imtihonlarning birinchi kunida talabgorlarning ilmiy-ijodiy ishlari ko‘rib chiqilib, ularning tadqiqotchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari hamda ilmiy faoliyati baholandi. Ikkinchi kuni esa talabalar “O‘zbekiston tarixi” fanidan suhbat bosqichida ishtirok etib, mamlakatimiz tarixi, davlatchilik an’analari va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid bilimlarini namoyon etdilar.

Baholash jarayonlarining uchinchi, yakuniy bosqichida talabgorlarning chet tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Mazkur bosqich ham belgilangan talablar asosida tashkil etilib, talabgorlarning xorijiy tillarni egallash darajasi baholandi.

 

Shu tariqa, 2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident va nomdor davlat stipendiyalariga talabgorlar o‘rtasidagi imtihon jarayonlari to‘liq yakunlandi. Yakuniy natijalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, universitet tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng e’lon qilinadi.

 

Universitet rahbariyati barcha talabgorlarga mazkur jarayondagi faol ishtiroki, ilmiy-ijodiy izlanishlari va intilishlari uchun minnatdorlik bildiradi. Talabalarga kelgusidagi ilmiy faoliyati, ta’lim yo‘lidagi izlanishlari hamda yangi marralarni zabt etishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Natijalarni ko'rish