Yangiliklar

img
Fri, 06/16/2023 - 19:37

Ta'lim va o'qitish: innovatsiyalar, raqamlashtirish va xalqaro hamkorlik

Belgiyaning nufuzli Luven universitetida Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro uchrashuv bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvga dunyoning turli davlatlaridan Erasmus+ ekspertlari jalb qilingan bo'lib, ular orasida universitetimiz xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori, Erasmus eksperti Nozliya Normurodova ham bor. 
Ushbu katta tadbir  "Ta'lim va o'qitish: innovatsiyalar, raqamlashtirish va xalqaro hamkorlik" deb nomlanib, unda ishtirokchilarga innovatsiyalar va ta'limni raqamlashtirish bo'yicha institutsional amaliyot haqida tushunchalar beriladi, xususan kuchli xalqaro profilga ega Belgiyaning Luven universiteti tajribasi o'rgatiladi. Luven universiteti 1834-yilda tashkil etilgan bo'lib, unda 127 millat vakillaridan iborat 27261 nafar talaba tahsil oladi. THE xalqaro reytingida 2023-yil natijalariga ko'ra 170-orinda bo'lsa, "QS World University Rankings 2023" natijalariga ko'ra 76-o'rinni qayd etgan va Yevropaning TOP-100 universitetlari qatorida qayd etiladi.

 


Tadbir ishtirokchilariga  Luven universitetida ta'lim innovatsiyalarini takomillashtirishning o'ziga xos strategiyasini ko'rib chiqishdan tashqari,  universitet rahbariyati va turli fanlar bo'yicha professor-o'qituvchilarning fikrlarini tinglash, shuningdek, fanlar va texnologiyalar kutubxonasi va o'quv markazi bilan tanishish imkonini beradi. Tashrif, shuningdek, ta'lim sohasida innovatsiyalar haqida gap ketganda, xalqaro oliy ta'lim muassasalarining o'zaro hamkorligiga oid masalalarni o'rganadi.