Yangiliklar

img
Fri, 05/17/2024 - 18:05

Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l

2024-yil 16-may kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” mavzusida  fransuz tili yo‘nalishi talabalari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. 
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad – talabalarga o‘rganilayotgan chet tilida O‘zbekiston Respublikasi tarixi va tarixiy obidalari, buyuk siymolari, jahon miqyosidagi siyosiy o‘rni, madaniyati, urf-odatlari,   madaniy boyliklari va millatlararo munosabatlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi haqida umumiy ma’lumotlar berish orqali ularning ko‘nikmalarini oshirishdan iboratdir.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil qilingan tadbirni universitet yoshlar bilan ishlash va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor G.Jo‘rayeva ochib berdi. G.Jo‘rayeva o‘z nutqida badiiy tarjima – bir tildan ikkinchi tilga badiiy asarlarni o‘girish  qilish orqali madaniyatlararo muloqotni yaxshilash, boshqa xalqlarning urf-odatlarini, madaniy xususiyatlarini o‘rganish mumkinligini aytib o‘tdi. 

 

Shundan so‘ng guruhlarning ularga berilgan davlatlar to‘g‘risidagi  chiqishlari namoyish qilindi. Talabalar 4  guruhga bo‘lingan holda tadbirga alohida tayyorgarlik ko‘rishdi. Ular  O‘zbekiston, Turkiya, Gruziya va Rossiya davlatlarining tarixi, buyuk siymolari, jahon miqyosidagi siyosiy o‘rni, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari  haqida  va  o‘zlari mutolaa qilgan kitoblari to‘g‘risida qiziqarli sahna ko‘rinishlari, raqs, qo‘shiqlar tayyorlashdi. Tadbir barchaga birdek manzur bo‘ldi.