Yangiliklar

img
Fri, 12/23/2022 - 18:12

Ta'lim tizimidagi islohotlarda tayanch bo‘lmog‘imiz shart

Bugun 23-dekabr kuni ToshDO‘TAU O‘zbek tilshunosligi kafedrasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan davra suhbati uyushtirildi. Murojaatnomada belgilangan dolzarb vazifalar xususida kafedra mudiri Z. Xolmanova ma’lumot berib, bu murojaatnomaning tarixiy va ijtimoiy ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Yig‘ilishda qatnashgan professor-o‘qituvchilar ham murojaatnoma haqida fikr bildirar ekan, uning bugungi kundagi dolzarb masalalarni hal qilishdagi ahamiyati haqida to‘xtalishdi. Murojaatnomada belgilangan har bir ustuvor yo‘nalish va bandlar ekranda slaydli taqdimot ko‘rinishida taqdim etildi va shu bois bu taqdimotlar ishtirokchilar tomonidan qizg‘in kutib olindi. Yig‘ilishda doktorantlar, magistrantlar va talabalar ham faol qatnashishdi. Ular ham o‘z faoliyatlari va sa’y-harakatlari bilan Murojaatnomada belgilangan vazifalarni bajarishda tashabbuskor bo‘lishlarini bildirishdi. Yig‘ilishning keyingi masalalari toraytirilgan tarzda davom ettirildi.