Yangiliklar

img
Sat, 02/05/2022 - 14:25

Taʼlim jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi

Oliy va o'rta maxsus taʼlim vazirligi Respublika maxsus komissiyasining qaroriga bergan izohida har bir OTM o'z ichki imkoniyatidan kelib chiqib, talabalarni bosqichma-bosqich an'anaviy ta'limga qaytarish belgilangan.  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida kunduzgi va kechki ta'lim shaklida tahsil olayotgan barcha talabalar uchun o'quv jarayonini an'anaviy shaklda davom ettirish   imkoniyati mavjud. Shu munosabat bilan 7-fevral kunidan barcha talabalar universitetga an'anaviy ta'lim jarayoniga yetib kelishi so'raladi. Yakuniy nazoratlarga yetib kelish imkoni bo'lmagan hamda uzrli sabab bilan qatnasha olmagan  talabalar uchun imtihonlar alohida  tashkil etiladi.    

Videoni ko'rish