Yangiliklar

img
Thu, 10/27/2022 - 12:15

Ta'lim jarayonini tashkil etishda xato qilish mumkin emas

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Ta'lim sifatini nazorat qilish va O'quv-uslubiy bo'limi tomonidan fakultetlarning o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlari va  o'quv rejalariga mas'ul uslubchilar uchun trening tashkil etildi.
Treningda Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i O.Sunnatov O'quv rejalarni DTS asosida shakllantirishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo'yicha mashg'ulot o'tkazdi. 
Ta'lim sifatiga bevosita ta'sir etuvchi omil - bu, shubhasiz, O'quv rejasidir. Chunki mazkur reja asosida o'quv yilidagi dars mashg'ulotlari olib boriladi. DTS esa  kadrlar malakasiga qo'yiladigan umumiy talabalar majmuyidir. O'quv rejalarining  DTS asosida shakllantirilishi ish beruvchilar tomonidan kadrlar malakasiga qo'yiladigan talabalarning standartlaridan kelib chiqadi. 


Universitet o'quv-uslubiy bo'limi boshlig'i V.Nazarov O'quv jarayoni jadvalini ishlab chiqish, Matematik hisob kitoblarni aniq amalga oshirish va Izoh qismlarni shakllantirish bo'yicha trening o'tkazdi. Unda o'quv jarayonini sifatli tashkil etish, har bir professor-o'qituvchi va talaba uchun qulaylik yaratish, xolislik va shaffoflikni ta'minlash bo'yicha tushunchalar berildi.