
Ta'lim jarayonini nazorat qilishning raqamlashtirilishi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgan ilk kunlardanoq o‘quv jarayonini nazorat qilishning elektron shakliga o‘tish bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirilgan edi. Mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib elektron ta'lim tizimini amalda qo‘llagan OTMlardan biri aynan ToshDO‘TAU sanaladi.
Keyingi yillarda esa bunday ishlash tizimi ancha rivojlandi va qulay platformaga aylandi. Endilikda HEMIS tizimi amalda. Bu tizim talaba uchun ham ta'lim beruvchi uchun ham birdek qulay. Yana bir jihati baholash jarayonlarining shaffofligini ta'minlashidadir.
HEMIS dasturi haqida batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://hemis.uz/yoriqnoma
HEMIS dasturi foydalanuvchilarining mulohazalari va muhokamalari uchun ushbu havolaga o‘ting:
https://t.me/HEMIS_UMUMIY
OTMlarda HEMISning zarurati haqida batafsil bilish uchun esa quyidagi havola asqatadi:
https://t.me/hemis_university