Yangiliklar

img
Wed, 10/05/2022 - 13:37

Talabaning huquq va majburiyatlari

Talabalik insonning shaxs sifatida o'zini to'la-to'kis namoyon etishi lozim bo'lgan davrdir. Talaba - yetuk inson! U jamiyatda yurish-turishi, axloqi va tafakkuri bilan ajralib turadi. Demak,  katta hayotning ostonasi aynan shu davrga to‘g‘ri keladi.  
Bugun Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda talabalikka qabul qilingan va talaba sifatida dastlabki oyni o‘tkazgan  birinchi bosqich yigit-qizlar uchun davra suhbati tashkil etildi.  Suhbatda universitet yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Akmal Ikromov, Xotin-qizlar kengashi raisi Gulnoza Jo‘rayeva va O‘zbek filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosarlari,  tyutorlari ishtirok etdi. 


Suhbat davomida talabalarga universitet ichki tartib-qoidalari yana bir bor tanishtirildi.