Yangiliklar

img
Tue, 11/29/2022 - 15:50

Talabamiz Prezident granti tanlovi g'olibi!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oliy ta'lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2021-yil 6-iyulda qabul qilingan PQ-5172-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qish qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo'yicha Davlat komissiyasining 2022-yil 31-avgustdagi 3-son bayoni qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi o'tkazilgan. 
2022-2023- o'quv yili uchun o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti talabasi Muhammadaliyeva Muxlisaxon Muhammadboqi qizi pedagogika yo'nalishida g'olib bo'ldi.
Bu muvaffaqiyat bilan Muxlisaxonni tabriklaymiz. Endi unga semestr davomida alohida stipendiya to'lanadi, agar Muxlisa 4-kursga qadar a'lo baholarga o'qisa, mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi.