Yangiliklar

img
Wed, 06/03/2026 - 17:54

Talabamiz g'oliblar safida

Alisher Navoiy Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi Ferangiz Zokirova Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida tashkil etilgan IX Xalqaro videoroliklar tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin oldi.

Mazkur tanlov «Muzeyga sayohat» madaniy-ma’rifiy loyihasi doirasida MAOU «Gimnaziya №13», Nijniy Novgorod Davlat Badiiy muzeyi, N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod Davlat Lingvistika Universiteti hamda Volgabo‘yi shaharlari Assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Tanlovning 2025–2026-o‘quv yili uchun belgilangan mavzusi «Obraz va detal» bo‘ldi.

Ustozii Jumanova Zulxumor rahbarligida Ferangiz Zokirova tanlovga o‘zbek tilida ya'ni ona tilida subtitr tayyorlash barobarida xorijiy tilda ya'ni ingliz tilida mashhur va iste’dodli rassom Saidbek Sabirbayevning shaxsiy ko‘rgazmasidagi “Fragments” (“Qismlar”) nomli san'at asari haqida videoloyiha taqdim etdi. Videorolik orqali xorijiy auditoriyaga Markaziy Osiyoning qadimiy amaliy san’at namunalaridan biri bo‘lgan quroqchilik an’anasi, uning estetik va ma’naviy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Taqdim etilgan loyiha xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, tanlov g‘oliblari qatoridan munosib o‘rin egalladi. Ushbu yutuq talabaning nafaqat xorijiy til va tarjima sohasidagi bilimlari, balki milliy madaniyat va san’at namunalarini xalqaro miqyosda targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlarining ham e’tirofi bo‘ldi. Mazkur muvaffaqiyat san’at asarlarini chuqur o‘rganish, inson ruhiyati va estetik tafakkurining o‘ziga xos jihatlarini anglash hamda milliy madaniy merosni dunyo jamoatchiligiga tanitish yo‘lidagi munosib hissa sifatida e’tirof etiladi.

Video you tube va instagram sahifalarda joylangan:
You tube:
https://youtu.be/ObQSzLesc58?si=jgiJO4iOthAyX81N