Thu, 10/20/2022 - 15:28
Talabalarning "Mohir qo'llar" ko'rgazmasi o'tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari orqasida hunarmand qizlarning soni anchagina. Ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, o'z iqtidorlarini to'la namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hunarmand qizlar uchun bepul to'garaklar tashkil etilgan va qizlarimiz o'z mehnati mahsulini sotishlari uchun korgazma-yarmarkalar muntazam tashkil etiladi.

Kuni kecha universitet hunarmand qizlarining qo'l mehnati namunalari ko'rgazmasi o'tkazildi.

Hunarmand qizlar tikkan qo'g'irchoqlar yordamida ertak namoyish etildi.


