Yangiliklar

img
Wed, 04/03/2024 - 10:31

Talabalarimizdan yana bir g'alaba

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlar agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda  talaba yoshlar o’rtasida atoqli adiblar va mutaffakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ’ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda o’z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.  Ushbu bosqichda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib keyingi bosqichga yo'llanma oldi. 
Tanlovda ishtirok etish uchun nizom talablari asosida talabalar quyidagi shartlar asosida bellashadilar:
1-shart. “Adib hayoti” - Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblaming haykallari siymolari tasvirlangan, ushbu adiblardan 1 nafarini jamoalar o‘zi tanlagan holda hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llarini mukammal ko‘rsata olish, sahna ko‘rinishlari hamda ko‘rgazmali tarzda taqdimot shaklida namoyish etishlari shart. Ushbu shartga 10 daqiqa vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholanadi.
2-shart. “Tezkor savol-javob” - Har bir jamoaga Hakamlar hay’ati tomonidan Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblaming hayoti va ijodidan 10 tadan savol o‘ylash va javob berish uchun jamoa har bir ishtirokchisiga 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuzilgan savollar majmuasi konvertga solib, muhrlanadi va tanlov jarayonida jamoa sardori tomonidan ochiladi.
Savollarga jamoaning har bir ishtirokchisi navbati bilan javob beradi. Savollarga to‘g‘ri, aniq va qisqa, ravon nutqda javob bergan hamda ushbu shartda eng ko‘p ballga ega bo‘lgan jamoa g‘olib hisoblanadi.

  

Ushbu shart 10 ballik tizimda, Hakamlar hay’ati tomonidan kelishilgan holda  baholanadi.
3-shart. “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” – “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ulami ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”. Yurtboshimizning shu so‘zlaridan kelib chiqib, qatag‘on qurbonlari bo‘lgan shahidlar, adiblar, shoirlar hayotining real voqeliklarini xalqimizga yetkazib berishimiz kerak, shoirlar, adiblar hayotidan bir kun, yoki ulaming hayotidan ibrat bo‘ladigan voqeliklarni teatrlashtirilgan sahna orqali yoshlarimizga yetkazib berish, ularda vatanparvarlik tuyg'ularini shu orqali yanada shakllantirish.  
Universitet jamoasiga keyingi bosqichida omad tilaymiz!