Yangiliklar

img
Thu, 09/08/2022 - 10:04

Talabalarga o‘quv dasturidagi xorijiy tilni tanlash imkoniyati yaratildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun majburiy fanlar blokidagi Xorijiy til o‘quv fanida ma'lum xorijiy tilni tanlash imkoniyati berildi. 
Endilikda ular ingliz,  rus,  nemis,  fors,  arab va turk tillaridan birini ixtiyoriy ravishda tanlab,  xorijiy til sifatida o‘qishlari mumkin. 
Bunda guruhlar kesimida eng ko‘p tanlangan til butun guruh talabalari uchun o‘qitiladi.  
Bundan tashqari talabalar fakultativ dars hisobidan ham biror xorijiy tilni tanlash va o‘qish imkoniga egalar. 

Tillardan birini tanlash uchun so‘rovnoma havolasi: So'rovnomaga o'tish