Wed, 11/16/2022 - 20:20
Talabalardan talabalarga tuhfa
Universitetimizning O‘zbek tili ta'limi fakulteti talabalari tashabbusi bilan tuzilgan "Tavakkaliga kirgan talabalar" jamoasi 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan konsert dasturi tayyorladilar. Quvnoq va zukko talabalarning qiziqarli chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi. Samimiy kulgu, yoshlarbop hazillardan iborat dastur tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tomoshabinlar ko‘pligidan zalda biror bo‘sh joy qolmadi.
Eng qizig‘i esa konsert yakunida bo‘ldi: fakultet rahbariyati noodatiy tarzda faol va jamoatchi talabalarning ota-onalariga tashakkurnoma ulashdilar. Bu har qanday ota-ona uchun cheksiz g‘urur baxsh etishi aniq



