Yangiliklar

img
Mon, 10/26/2026 - 14:24

Talabalar uçun psixologik maşğulotlar taşkil etildi

Joriy yilning 23-oktabr kuni universitet psixologi Nozima Töxtayeva imkoniyati çeklangan talabalar iştirokida davra suhbati, art-terapiya va ruhiy tetiklaştiruvçi relaksatsiya maşğulotlarini ötkazdi.

Davra suhbati davomida talabalar öz qiziqişlari, kelajak rejalari va intilişlari haqida fikr almaşdilar. Ularni qiziqtirgan savollarga javob berilib, taklif va mulohazalari tinglandi. Maşğulotlar talabalarning öz fikrlarini erkin ifoda etişi, özaro muloqot qilişi va jamoada özini erkin his etişi uçun imkoniyat yaratdi.

Art-terapiya va relaksatsiya maşqlari orqali talabalarning ruhiy holatini qöllab-quvvatlaş, kundalik çarçoqni kamaytiriş va ijobiy kayfiyatni mustahkamlaşga e’tibor qaratildi. Maşğulotlar davomida talabalar faol iştirok etib, ijodiy topşiriqlar va ruhiy yengillik beruvçi maşqlar orqali öz taassurotlari bilan örtoqlaşdilar.

Bunday psixologik maşğulotlar talabalarning ruhiy farovonligini qöllab-quvvatlaş, ularning individual ehtiyojlarini inobatga oliş hamda universitetda samimiy va qöllab-quvvatlovçi muhitni şakllantirişga xizmat qiladi.