Yangiliklar

img
Sat, 11/11/2023 - 14:13

Talabalar uchun maroqli davra suhbati

10 -noyabr kuni Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchilari tomonidan 1-TTJda talabalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Mazkur davra suhbatida"Arab davlatlarida fan va ta'lim hamda rivojlanib borayotgan O'zbekiston-Arab davlatlari o'rtasidagi munosabatlar" mavzusida suhbatlashildi. Talabalar arab tilining ahamiyati va ta‘lim sohasidagi bir qator yangiliklar bilan tanishtirildi.  Bizning qadimiy boy merosimiz arab tili bilan  chambarchas bog‘liqligi haqida talabalarga misollar keltirildi.  Arab tilini ikkinchi til sifatida shijoat bilan o‘rganishlari tavsiya etildi. Tadbirda faollik ko‘rsatgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.     
Suhbat chog'ida talabalarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.