Yangiliklar

img
Fri, 12/23/2022 - 10:33

Talabalar uchun mahorat darsi

2022-yil 22-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi tashabbusi bilan TTJlarda istiqomat qiluvchi talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.  Kafedra professor-o‘qituvchilari Abdumurod Tilavov, Hulkar Aliqulova, Umar Qodirov va Kamoliddin Egamqulovlar  “Maqollar - ma'naviyatimiz manbai” mavzusida talabalar bilan interaktiv mashg‘ulot olib bordilar.   Unda universitetning birinchi va ikkinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi. 
Maqollar orqali insonning fikr-mulohazalari aniq va keskin tarzda ifoda etiladi. Shu ma'noda maqollarning nutqdagi o'rni ahamiyatlidir. Bugungi kundagi faol maqollar tizimi bilan talabalar tanishtirilib, so'z san'atining ahamiyati va yashovchanligi tahlil etildi.