Yangiliklar

img
Mon, 06/13/2022 - 21:37

Talabalar uchun davra suhbati tashkil etildi

Ma'lumki, Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Noshirlik ishi yo'nalishi talabalariga Adliya vazirligining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi  Shahnoza Soatova dars mashg'ulotlari o'tmoqda.

Bugun, 13-iyun kuni Shahnoza Soatova tomonidan Gazeta.uz muxbiri bilan uchrashuv tashkil qilindi. Mazkur uchrashuvda hozirgi kunda yoshlar orasida rivojlanib borayotgan soha - bloggerlik, chet mamlakatlarida o’qish masalalari haqida suhbatlashildi. Suhbat davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Uchrashuv jonli, qiziqarli va foydali bo’ldi.