Yangiliklar

img
Wed, 09/17/2025 - 16:39

Talabalar uchun amaliy ko‘nikma va tavsiyalar

2025-yil 17-sentyabr kuni Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Shokir Xalilov, bo‘lim a’zolari, shuningdek, O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Sohiba Umarova hamda kafedra a’zolari ishtirokida O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalarga “4+2 pedagogik amaliyot” ning mazmun-mohiyati, uning bosqichlari va mazkur jarayonning ahamiyati haqida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – talabalarning amaliyot davrida bajaradigan vazifalari, o‘qituvchilik faoliyatida zarur bo‘ladigan hujjatlar bilan ishlash, dars mashg‘ulotlarini to‘g‘ri rejalashtirish, metodik qo‘llanmalar tayyorlash va ularni amaliyotda samarali qo‘llash tartibini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, uchrashuvda amaliyot davomida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Talabalarga dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda interfaol metodlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Yakunda talabalarga amaliyotni samarali o‘tash, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash hamda kelgusida malakali mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun zarur yo‘riqnomalar taqdim etildi.

Mazkur uchrashuv talabalar uchun o‘qituvchilik kasbining amaliy jihatlari bilan tanishish, kasbiy tajribani boyitish va bo‘lajak faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.