Yangiliklar

img
Fri, 03/01/2024 - 13:47

Talabalar turar joylaridagi mavjud vaziyat o'rganildi

1-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov mas'ullar ishtirokida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida talabalar turar joylarida bo'ldi. 
Universitet rahbari muassasada barcha sharoitlarga ega yotoqxonalarning issiqlik tizimlari, sanitariya, ma'naviy xordiq chiqarish xonalari, oshxona, kir yuvish xonalarini zarur buyumlar bilan taʼminlanganligini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan talabalarning holidan xabar oldi. Ular bilan suhbat qurdi, mavjud muammolar o'rganilib, tezkor ravishda bartaraf etilishi aytildi. O'rganish jarayonida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash borasida talabalarning fikr-mulohazalari eshitilib, kerakli takliflar olindi. Tashrif davomida rektor talabalar turar joyi mas’ullariga talabalr tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida zarur ko‘rsatmalar berdi.