
Talabalar turar joylari o'rganildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 3- kurs tyutori B. Xaytboyev hamda Yakkasaroy tumani IIO FMB III-sonli IIB Proflaktika katta inspektori, mayyor D.Sangirov, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, fakultet Kengashi raisi M.Muhammadiyeva, o‘qituvchi F.Karimov ijarada yashayotgan talabalar holidan xabar olishdi.
Ular O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kursda tahsil olayotgan bir nechta talabalarning ijara uylarida bo‘ldilar, uy egalari bilan suhbatlashdilar.
O‘rganishlar jarayonida avvalo, talabalar yashab turgan joyning universitet bilan masofasi, talabalarning qatnov yo‘nalishi, uyning ichki va tashqi ahvoli, talaba yoshlar uchun ajratilgan xonalar, isitish tizimi, gazdan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, xonadonga nisbatan qizil, sariq va yashil darajasi o‘rganildi.
Talabalarning yashash darajasi yashil hudud darajasida deb baholandi.
Ko‘zdan kechirish mobaynida ushbu xonadonlarda hech qanday kamchilik va muammolar aniqlanmadi.