
Thu, 03/31/2022 - 19:59
Talabalar turar joyida psixologik trening o'tkazildi
Ijtimoiy – psixologik trening insonlar o’rtasida sog’lom munosabatlarga erishishni hosil qilish uchun ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga kirib bormoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 31-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining Talabalar turar joyida psixologik trening o'tkazildi. Mazkur jarayon universitet psixologi Yulduz G'aybullayeva tomonidan tashkillashtirildi.
Psixolog trening qatnashchilariga inson psixologiyasi va uning o'ziga xosligi haqida ma'lumot berish barobarida bir qancha tajribalar ham o'tkazdi.
Psixologik mashqlar orqali talabalar o'zlarini qaytadan kashf etishdi. Bugungi treningdan ular ma'lum ma'noda salbiy xarakterlardan xalos bo'lish sirlarini o'rganishdi.