Yangiliklar

img
Wed, 04/26/2023 - 17:58

Talabalar o'rtasida sport musobaqalari

Universitet sport murabbiysi R.Alimboyeva boshchiligida talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda ularni jismonan sog’lom bo’lishlarini ta’minlash maqsadida  talabalar o’rtasida musobaqa tashkil etildi. 100 metrga yugurish va shashka musobaqalarida qizlar hamda yigitlar alohida bellashishdi. Mazkur musobaqalardan ko‘zlangan maqsad yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ularning jismonan baquvvat, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va shu orqali ularning madaniy dam olishlarini ta’minlash hisoblanadi.


Musobaqaga ko’plab talabalar qiziqish bildirishdi. Musobaqa natijalari tez orada e'lon qilinadi.