Yangiliklar

img
Wed, 10/29/2025 - 16:56

Talabalar o‘rtasida “Kiber sport” musobaqasi o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bugun talabalarning raqamli salohiyatini namoyon etish, ularni zamonaviy texnologiyalar va sog‘lom raqobat muhitiga jalb etish maqsadida “Kiber sport” bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Umid” sport klubi raisi Roziya Alimboyeva boshchiligida tashkil etilib, unda turli fakultet va ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Musobaqa jarayonida ishtirokchilar o‘zining tezkor fikrlashi, mantiqiy yondashuvi, jamoaviy ishlash mahorati hamda e-sport bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Qizg‘in bahs va raqobat ruhida kechgan bellashuv davomida talabalar o‘zaro kuch sinashib, muhim g‘alabalar uchun kurash olib bordilar.

Natijalar quyidagicha: 1-o‘rin — Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari, 2-o‘rin — O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari, 3-o‘rin — Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan qo‘lga kiritildi.

 

Musobaqa yakunida g‘oliblar “Umid” sport klubi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida talabalar kibersportning yoshlar hayotidagi o‘rni, u orqali shakllanadigan raqamli tafakkur va jamoaviy ruh haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

 

Bunday musobaqalar yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, texnologiyalarni to‘g‘ri va samarali qo‘llashni o‘rganish, shuningdek, jamoaviy birdamlik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Kiber sport” nafaqat o‘yin, balki intellektual salohiyatni oshiruvchi, zamonaviy fikrlovchi yoshlarni yetishtiruvchi samarali platformaga aylanib bormoqda.