Yangiliklar

img
Sat, 01/20/2024 - 13:02

Talabalar hayotidan

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻtgan hafta davomida talabalar oʻrtasida bir qancha mazmunli tanlov va tadbirlar tashkil etildi. 
Hafta avvalida modalar va rassomchilik koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.  Koʻrgazmada iqtidorli talabalar oʻz iste’dodlarini namoyish etdilar. Tasviriy san’at namunalari yigʻilganlarga manzur boʻldi. Milliy matolardan zamonaviy bichimlarda tikilgan liboslar namoyishi ham oʻzgacha kayfiyat ulashdi.
Haftaning kelgusi kunlarida pazandachilik sirlaridan boxabar tyutorlar tomonidan talaba qizlar uchun mahorat darslari tashkil etildi. Mahorat darslarida milliy taomlar, hushta’m salatlar va tezpishar shirinliklarni tayyorlash sirlari oʻrgatildi. 
Yakuniy nazorat imtihonlaridan soʻng talabalarga oʻzgacha kayfiyat ulashildi. Shuning bilan talabalar hayotidagi yana bir mazmunli va esda qolarli hafta oʻz yakuniga yetdi.